Superliga 21-turi doirasidagi “Lokomotiv” — “Bunyodkor” bahsi tanaffusi vaqtida IIB xodimlari stadiondagi VAR mashinasi va avtomobillarni olib chiqishni buyurdi. Talabga qarshilik qilgan o‘yin komissarining telefoni olib qo‘yilib, o‘zi majburan bo‘linmaga olib ketildi. Xodimlarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Farg‘ona viloyati IIB Rishton tumanidagi idora xonasida hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizilgani aytilgan fuqaroning tutqanog‘i tutib qolganini ma’lum qildi. “Tibbiy ko‘rik jarayonida fuqaroga jarohat yetkazilgani aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.
Rishton tumanida elektroshoker qo‘llab IIB xonasiga olib kirilgan fuqaro hushini yo‘qotib, reanimatsiyaga yotqizildi. Uning jiyani janjal tasvirga tushib qolgan do‘kon kamerasidan barcha kadrlar PPX xodimlari tomonidan o‘chirtirib yuborilganini aytmoqda.
Sud Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘i, ikki nafar tergovchi va profilaktika inspektorini 6 yildan 8,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Xodimlar kasalxonada vafot etgan gumonlanuvchini qiynoqqa solishda aybdor deb topildi, biroq ular buni rad etdi.
Prezident Farg‘onadagi yig‘ilishda “Nima ish qilish kerakligini bilmagan ayrim profilaktika inspektorlari bog‘chalarga borib, 3−4 yoshli bolakaylarga „oq-qorani farqlash“ bo‘yicha ma’ruza o‘qish bilan band”, deya yaqinda bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan voqeani esladi. U kadrlar tanlash tizimini qoniqarsiz deb atadi.
Prezident Farg‘onada IIVning kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 6 oy davomida oldini olish mumkin bo‘lgan 12 mingga yaqin jinoyat sodir etilgan. “Ayrim huquq-tartibot idoralari rahbarlari jinoyatchilikni oldini olishda jilovni qo‘yib yuborgan”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Namangan shahar IIB rahbariyati ustidan shikoyat qilib, ichki ishlar vaziriga videomurojaat yo‘llagan sobiq profilaktika inspektori boshqalar nomida katta miqdorda kredit olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganlikda ayblanmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Qashqadaryoda mast fuqarolar va IIB xodimlari o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikki fuqaro gumonlanuvchi tariqasida ushlangan. Dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Andijon shahar IIO FMB 4-son xodimlari tomonidan Andijonlik fuqaroning kaltaklangani aytilgan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu bo‘limning sobiq xodimlari 2020 yilning noyabr oyida 44 yoshli erkakni qiynoqqa solganliklari uchun ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Samarqandda PSR-testi natijasini soxtalashtirib sotayotgan shaxs qo‘lga olindi. Uning ukasi «holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish» uchun IIB xodimiga 5 ming dollar bermoqchi bo‘lganida ushlandi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Surhondaryoda voyaga yetmagan bolani do‘pposlayotgan besh nafar yigitni ogohlantirgan IIB xodimlari kaltaklandi. Ichki ishlar organlari xodimlarga qarshilik ko‘rsatgani va yengil tan jarohati yetkazgani uchun ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.
Qoraqalpog‘istoning Taxiatosh tumanida mast holda IIBga olib ketilgan fuqaro vafot etdi. Fuqaroning yaqinlari uning o‘limida profilaktika inspektorini ayblamoqda. Hozirda IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi harakatlari olib borilmoqda.
Andijon shahar deputati Jahongir Jiyanov IIB xodimlari fuqaroning qo‘lini sindirgani haqida xabar berdi. Bosh prokuratura Andijon shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qildi. IIV matbuot kotibi esa fuqaroga IIB xodimlari tomonidan jarohat yetkazilganini rad etdi. Xabar berilishicha, fuqaro ertalab tez tibbiy yordam bo‘limiga IIO xodimlari tan jarohati yetkazganligi bo‘yicha murojaat etgan. Hozirda fuqaro jarohatni qayerda olganligi bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Sirdaryoda internet orqali ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar ta’siriga tushib, radikal g‘oyalarni targ‘ib qilishda gumonlanayotgan 20 kishi qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda Suriya va Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan 14 nafar shaxslardan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida unashtirilgan yigit-qizni mashinada o‘tirgan holatda qo‘lga olib, ularni qo‘yib yuborish evaziga salkam 5 million so‘m talab qilgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting